Ilmiy Laboratoriya
Markaz laboratoriyalari haqida
Markazda «Yuqori nafas yo‘llari a’zolari fiziologiyasi va patologiyasi», «Eshitish va muvozanat a’zolari fiziologiyasi va patologiyasi», «Foniatriya va ronxopatiya» ilmiy laboratoriyalari tashkil qilingan bo‘lib, ular zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlangan.
Respublika ixtisoslashtirilgan otorinolaringologiya va bosh-bo‘yin kasalliklari ilmiy-amaliy tibbiyot markazida 15 nafar ilmiy darajali professor-o‘qituvchilar faoliyat yuritadi. Ular doimiy ravishda yuqori texnologik jarrohlik amaliyotlari va bemorlar qabulini olib boradi.
Otorinolaringologik va bosh-bo‘yin kasalliklarini erta aniqlash, tashxislash, davolash hamda reabilitatsiya bo‘yicha fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlarni amalga oshirish maqsadida 6 ta grant loyihasi ishlab chiqilgan.
Markaz qoshida “Eurasian Journal of Otorhinolaryngology & Head and Neck Surgery” jurnali tashkil qilingan (5 ta soni nashr qilingan). Tahririyat tarkibida xorijiy yetakchi olimlar ishtirok etadi.
Markaz va Assotsiatsiya hamkorligida 12 ta ilmiy va 2 ta xalqaro anjuman o‘tkazilgan; har birida 500+ mutaxassislar ishtirok etadi.
Faoliyat yo‘nalishlari
KBB ilmiy-tadqiqot instituti klinikalarida kasalxonaga yotqizish uchun zarur bo‘lgan barcha testlar institutning klinik laboratoriyasi va laboratoriya-diagnostika bo‘limida o‘tkazilishi mumkin.
Grant loyihalari:
- Surunkali rinosinusitlarning proliferativ turlarida molekulyar-genetik omillar roli, klinik kechishini bashoratlash va davolash algoritmini ishlab chiqish.
- Timpanosklerozda nog‘ora bo‘shlig‘idagi biokimyoviy o‘zgarishlarni aniqlash va patogenetik asoslangan davo usullarini ishlab chiqish.
- Sanoat shovqini ta’sirida eshitish buzilishlarini tashxislash va korreksiya usullarini ishlab chiqish.
- “Sharafli keksayish”: mobil vertigo laboratoriyasi asosida keksalarda vestibulyar kasalliklar skriningi.
- Yuqori nafas yo‘llari virus-indutsirlangan kasalliklarini (residivlanuvchi hiqildoq papillomatozi) immunologik va molekulyar-genetik mexanizmlar asosida tashxislash, davolash va profilaktika, shuningdek foniatriya yordamlarini rivojlantirish.
- Tanglay murtaklari surunkali kasalliklarida molekulyar-genetik omillarning ahamiyatini o‘rganish.
Amalga oshiriladigan laboratoriya tadqiqotlari bemorlarni jarrohlik davolashga puxta tayyorlash, asoratlar xavfini kamaytirish hamda dori vositalarining nojo‘ya ta’sirlarini oldini olishga xizmat qiladi.
Bo‘limlar va aloqa
Otorinolaringologiya, yuz-jag‘, bosh va bo‘yin jarrohligida ijtimoiy ahamiyatga ega kasalliklarni tashxislash va davolashning innovatsion usullarini ishlab chiqish, takomillashtirish va amaliyotga joriy etish — markaziy vazifamizdir.